O’quv-mashg’ulot yig’inlari tashkil etildi

O’quv-mashg’ulot yig’inlari tashkil etildi

Joriy yilning 15 mayidan boshlab Angren shahrida Yangiyobod respublika o’quv-mashg’ulot bazasida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari boshlanib, 10 iyun kuni yakunlanadi.

Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’inlariga Mudofaa vazirligi sportchilari, regbi-7 bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari jalb etildi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Agen shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan regbi-7 bo‘yicha 1-harbiy jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova