O’zbekiston U-16 chempionati boshlandi

O’zbekiston U-16 chempionati boshlandi

20-22-may kunlari regbi-7 bo‘yicha 2006-2007-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston U-16 chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlar Kosonsoy shahridagi Namangan viloyati bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Chempionatda quyidagi jamoalar ishtirok etadi:

Yigitlar o’rtasida:

Farg‘ona, Navoiy, Toshkent, Xorazm, Namangan, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyati.

Qizlar orasida:

Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Xorazm va Navoiy.

Bizni kuzatib boring va biz sizga o’yinlar natijalari haqida xabar beramiz.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova