Xalqaro Olimpiya kuni bilan tabriklaymiz!

Xalqaro Olimpiya kuni bilan tabriklaymiz!

Butun dunyoda har yili 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya kuni nishonlanadi.

Birinchi marta ushbu bayramni nishonlash g’oyasi 1947 yilda Stokgolmda e’lon qilingan.

Bayram tashabbuskorlari taqvimda barchamizga sport va Olimpiya harakatini targ‘ib qilish va rivojlantirish muhimligini eslatuvchi kunni ajratib ko‘rsatishni taklif qilishdi.

Bu sana tasodifan tanlanmagan. Aynan 23-iyun kuni Per de Kuberten Gretsiyadagi Olimpiadani jonlantirish uchun jamoatchilikka murojaat qilgan edi.

O‘zbekiston Regbi federatsiyasi barcha sportchilar va murabbiylarni Xalqaro Olimpiya kuni bilan tabriklaydi.

Bugungi kunda har bir sportchi Olimpiya o’yinlari g’olibi yoki hatto ishtirokchisi bo’lishni orzu qiladi. Olimpiya chempionlari har qanday davlatning sport boyligidir. Tinchlikni yanada mustahkamlash uchun sport orqali yoshlarni o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash Olimpiya harakatining maqsadi hisoblanadi.

Barcha olimpiyachilarimiz va sportchilarimizni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, sizga sog’lik, muvaffaqiyat, chiroyli g’alabalar va yorqin tuyg’ular tilaymiz!

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova