Osiyo Olimpiya kengashi bir yilga kechiktirilgan Xanchjou-2022 XIX Osiyo oʻyinlarining yangi sanalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, musobaqa 2023-yil 23-sentyabr – 8-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari joriy yil sentyabr oyida boʻlib oʻtishi belgilangandi. Biroq koronavirusning yangi toʻlqini sabab 6-may kuni Toshkentda oʻtgan OOK Ijroiya qoʻmitasining 77-yigʻilishida musobaqa boshqa muddatga koʻchirilishi eʼlon qilingan edi.
Manba: olympic.uz