ASIA RUGBY SEVENS TROPHY

ASIA RUGBY SEVENS TROPHY

ASIA RUGBY MEN’S AND WOMEN’S SEVENS TROPHY 6-7 avgust kunlari Indoneziyada bo’lib o’tadi.

Ayollar orasida BAA, Indoneziya, Mo’g’uliston, Hindiston, Singapur, Nepal va Guam jamoalari ishtirok etadi.

Erkaklar orasida Qozog‘iston, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Tailand, Bruney, Iroq, Iordaniya, Afg‘oniston, Pokiston, Mo‘g‘uliston va Eron jamoalari ishtirok etadi.

Afsuski, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar qimmatligi, va Charter reyslarni noqulay vaqtda ekanligi hamda moliyalashtirish mablaglari yetarli emasligi sababli  O‘zbekiston terma jamoalari ushbu musobaqada ishtirok eta olmadi.

Bugungi kunda O’zbekiston regbi – 7 terma jamoasi yuqori darajada tayyorlandi, chunki Qozog’iston Respublikasida xalqaro va mahalliy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.

Shubhasiz, bizning jamoalarimiz ushbu turnirning birinchi va ikkinchi o’rinlariga da’vogarlik qilishlari mumkin edi.

Ushbu g’alaba mamlakatimizning xalqaro sport maydonlaridagi reytingiga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova