Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Koreyadan qaytdi

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Koreyadan qaytdi

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Koreyadan qaytdi

23-noyabr kuni regbi bo‘yicha erkaklar terma jamoasi 2022-yil 16-noyabrdan buyon bo‘lgan Koreyadan qaytib keldi. Eslatib o‘tamiz, Koreya regbi ittifoqi vitse-prezidenti Jay Sab Choy O‘zbekiston regbi-7 milliy terma jamoasini ODA (Rivojlanishga rasmiy yordam) dasturi doirasidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishga taklif qilgan edi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi Bosh kotibi Kaxramon Djalilov Koreya regbi ittifoqiga qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Koreya regbi ittifoqiga va ushbu sport tadbirini tashkil etishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, Osiyo qit’asida regbini rivojlantirish maqsadida Koreya regbi ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilayotganimizni aytdi.