Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari Dubayga uchib ketishdi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari Dubayga uchib ketishdi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari Dubayga uchib ketishdi

Bugun, 29-noyabr kuni regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga uchib ketishdi. “Emirates Dubai-7” turnirida sportchilarimiz, shuningdek, 32 davlatdan 230 ta klub ishtirok etadi.
Emirates Dubai-7 sport operatsiyalari bo‘limi rahbari Saymon Jelovits turnir oldidan shunday dedi: “Bu tadbir hamma narsadan ko‘ra do‘stlik, hamjamiyat va madaniy xilma-xillik bayramidir. Bizning barcha turnirlarimiz ajoyib ruhga ega va elita regbidan tortib ijtimoiy, faxriylar, erkaklar, ayollar va yoshlar o’yinlarigacha hamma uchun nimadir bor. Bizning vazifamiz – ham maydonda ham, maydondan tashqarida ham eng yaxshi tajribaga ega bo’lishiga ishonch hosil qilish va biz turnir boshlanishini kuta olmayapmiz.»