8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

O‘zbekiston regbi federatsiyasi barchani mamlakatimizning eng muhim bayramlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaydi!

1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatimizning asosiy qonuni qabul qilindi.

Konstitutsiya jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati, Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzidir. Uning qabul qilinishi mamlakat suverenitetining eng muhim bosqichlaridan biriga aylandi. Asosiy qonun inson huquq va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga asos soldi. Bu ijtimoiy munosabatlarning izchil rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi va fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar vektorini belgilaydi.

Ushbu muhim bayramda sizga va yaqinlaringizga baxt, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz!

Barcha ishlaringizda doim omad sizga hamroh bo’lsin!