Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov tabriklaymiz!

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov tabriklaymiz!

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov tabriklaymiz!

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ikramov Adham Ilhamovich 1968-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Turli yillarda Sogʻliqni saqlash vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan 2022-yilning 18-fevralida Oʻzbekiston Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan.

Oʻzbekiston sportchilari 2016-yil Rio Olimpiadasida aynan Adham Ikramov boshchiligida tarixdagi eng katta yutugʻiga erishgan. Oʻshanda Adham Ilhamovich Oʻzbekiston sport delegatsiyasi rahbari sifatida Braziliyaga borgan edi.

Adham Ikramovning koʻp yillik mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U Prezident farmoniga koʻra “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.

Adham Ilxamovichga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, sport sohasi rivoji uchun qoʻshayotgan ulkan, mashaqqatli va mardonavor xizmatlarida doimo zafarlar tilab qolamiz.