Milliy sport mukofoti-2022

Milliy sport mukofoti-2022

Milliy sport mukofoti-2022

2022 yil nihoyasiga yetmoqda. Ortga nazar tashlab, bu yil o‘zbek sport jamoatchiligining barcha vakillari uchun qanday yil bo‘lganini eslar ekanmiz, har bir insonda g‘urur tuyg‘usi, Vatanimiz vakillari erishayotgan yutuqlardan behad hayrat tuyg‘ulari to‘ladi. Zero, O‘zbekiston sportchilari o‘tgan yili hech kimdan va hech narsada kam bo‘lmagan, Davlat bayrog‘imiz ranglarini sharaf va g‘urur bilan himoya qilayotgan sportchilarimiz borligini butun dunyoga isbotlay oldi. 2022 yilgi Milliy sport mukofoti g’oliblarini taqdirlash marosimida namoyish etilgan videolavhani sizlar bilan baham ko’ramiz, unda sport sohasida eng yaxshi va eng munosiblar aniqlangan.