Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining II tur o’yinlari bo‘lib o‘tdi
O’zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yilga mo’ljallangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga asosan, regbi-7 bo’yicha 5-8 may kunlari Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahrida musobaqaning II tur o’yinlari bo’lib o’tdi.
Ushbu chempionatda erkaklar jamoalaridan: O’zMU-1, O’zMU-2, O’zMU-3, Xorazm, ShHO, Toshkent terma jamoasi, Qoraqalpog’iston, Farg’ona, Navoiy, JIDU, O’zDJTSU-2, JDPU (Jizzax), Andijon, IIV, Sirdaryo, Samarqand jamoalari qatnashishdi.
Ayollar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston, O’zDJTSU-1, O’zDJTSU-2, Xorazm, O’zMU, Namangan, JDPU (Jizzax), Farg’ona jamoalari faol ishtirok etishdi.
Ikkinchi tur bo’yicha o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Erkaklar jamoalari o’rtasida:




| O’rinlar | Jamoalar | Ochkolar |
| 1 | O’zMU-1 | 26 |
| 2 | Xorazm | 23 |
| 3 | ShHO | 20 |
| 4 | Toshkent terma jamoasi | 18 |
| 5 | O’zMU-2 | 16 |
| 6 | Qoraqalpog’iston | 14 |
| 7 | Farg’ona | 12 |
| 8 | Navoiy | 10 |
| 9 | O’zMU-3 | 9 |
| 10 | JIDU | 8 |
| 11 | O’zDJTSU-2 | 7 |
| 12 | JDPU (Jizzax) | 6 |
| 13-14 | Andijon | 5 |
| 13-14 | IIV | 5 |
| 15-16 | Sirdaryo | 3 |
| 15-16 | Samarqand | 3 |
Ayollar jamoalari o’rtasida esa:




| O’rinlar | Jamoalar | Ochkolar |
| 1 | Qoraqalpog’iston | 26 |
| 2 | O’zDJTSU-1 | 23 |
| 3 | Xorazm | 20 |
| 4 | O’zDJTSU-2 | 18 |
| 5 | O’zMU | 16 |
| 6-8 | Namangan | 14 |
| 6-8 | JDPU (Jizzax) | 14 |
