Buxoro shahridagi umumta’lim maktabida regbi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
13-may kuni Buxoro shahridagi 10-umumta’lim maktabining futbol maydonida “Get Into Regbi” dasturi doirasida bolalar uchun regbi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini regbi-7 bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Yegor Lebed va regbi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi murabbiy-maslahatchisi Andre Humanlar olib borishdi.
Mahorat darsi davomida yosh regbichilar harakatda to‘p uzatish va ushlashni rivojlantirish hamda qaror qabul qilish bo‘yicha bir qator mashqlarni bajarishdi. Mahorat darsi yakunida ishtirokchilar estafeta o‘ynab, o‘z mahoratlarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Mahorat darsi regbi bo‘yicha Buxoro viloyati katta murabbiyi Azizbek To‘rayev ko‘magida tashkil etildi.