Regbi-7 bo’yicha xalqaro o’quv mashg’ulotlari va o’rtoqlik uchrashuvlari Seulda o’tmoqda

Regbi-7 bo’yicha xalqaro o’quv mashg’ulotlari va o’rtoqlik uchrashuvlari Seulda o’tmoqda

O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilaridan iborat Regbi-7 jamoasi Seul shahrida o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazmoqda

O’quv mashg’ulot yig‘inlari 2023-yilning 14-26-may kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu uchrashuvlar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining regbi bo’yicha o‘tgan yilgi tashrifiga javob tashrifidir. Mazkur tadbir Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan.

O’rtoqlik uchrashuvlaridan maqsad regbichilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, o’yin mahoratlarini hamda xalqaro turnirlarda ishtirok etish darajasini oshirishdan iborat. Mazkur tadbirlar CISM (Xalqaro harbiy sport kengashi) homiyligida bo’lib o’tmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan