​​Regbi-7 bo’yicha erkaklar jamoalari o’rtasida Universiada musobaqalari bo’lib o’tdi

​​Regbi-7 bo’yicha erkaklar jamoalari o’rtasida Universiada musobaqalari bo’lib o’tdi

Regbi-7 bo’yicha erkaklar orasida Universiada o’yinlari bo’lib o’tdi

2023-yilning 21-24 may kunlari Toshkent shahrida O’zMU o’yingohida regbi-7 bo’yicha erkaklar orasida birinchi marotaba Universiada musobaqalarining final o’yinlari bo’lib o’tdi.

Ushbumusobaqalarga Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg’ona, Namangan, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro viloyatlaridan jamoalar qatnashishdi.

Jamoalar to’rtta («А», «В», «С» и «D») guruhlarga bo’linib, aylana tizimida (har biri bilan) o’ynashdi.

Universiada bo’yicha to’plangan ochkolar va o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:

O’rinlarJamoalar
1Xorazm viloyati
2Farg’ona viloyati
3Qoraqalpog’iston Respublikasi
4Namangan viloyati
5Toshkent viloyati
6Toshkent shahri
7Samarqand viloyati
8Buxoro viloyati
9Jizzax viloyati
10Andijon viloyati
11Navoiy viloyati
12Surxondaryo viloyati
13Sirdaryo viloyati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan