To’raqo’rg’onda seminar

To’raqo’rg’onda seminar

Namangan viloyatida murabbiylar uchun seminar

Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida 10-iyuldan boshlab murabbiylar uchun “Murabbiylik va hakamlik” seminari boshlandi.

Ushbu seminar To’raqo’rg’on tumaning 1-sonli Sport maktabi bazasida bo’lib o’tmoqda. Ushbu seminarda To’raqo’rg’on, Norin, Uchqo’rg’on, Pop va Kosonsoy tumanlaridan murabbiylar ham ishtirok etmoqda. Jami 12 nafar (9 ta erkak, 3 ta ayol) murabbiylar ishtirok etishmoqda. Seminarni Rustam Nabiyev olib bormoqda.

Seminarning asosiy maqsadlaridan biri, Namangan viloyatining Regbi bo’yicha murabbiylariga “Murabbiylik va hakamlik qilish asoslari”, nazariy va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlikni tashkil etish. Amaliy mashg’ulotlarda murabbiylardan tashqari Namangan viloyatining erkaklar va ayollar terma jamoalarining sportchilari ham ishtirok etmoqda.

Seminar 23-iyul kuniga qadar bo’lib otadi.

Seminar ishtirokchilari: Abdumalik Abdumalikov, Abduraxmon Xoshimjonov, Abrorbek Ortiqov, Asadbek Mo‘minov, Doston Usmonov, Idg‘orbek Bekmirzaev, Muxitdin Nuraliev, Naima Sharipova, Ruslan Matqurbanov, Xayrullo To‘ychiboev, Xilola To‘ychiboeva, Yulduz Turdieva.