Xorazm sport maktabiga qabul bo’lib o’tdi

Xorazm sport maktabiga qabul bo’lib o’tdi

Olimpiya va Milliy sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab internatida qabul bo’lib o’tdi

14 iyul kuni Xorazm viloyati Olimpiya va Milliy sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatiga qabul bo’lib o’tdi. Qabul maktab direktori M. Jumaniyozov boshchiligida bo’lib unda 2 nafar murabbiylar S. Fayzullayev, M. Matchonov va 16 nafar 10 yoshli o’g’il bolalar ishtirok etishdi. Ushbu qabulda bolalar quyidagi topshiriqlarni bajarish.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik:

1.100 metrga yugurish

2. Mokisimon yugurish

3. 1000 metrga yugurish

Maxsus jismoniy tayyorgarlik:

  1. To’pni 20 metrlik nishonga tepish ( 10 ta urunish)

2. To’pni 50 metrlik nishonga tepish ( 10 ta urunish)

3. Raqib himoyasidan chiqish ( zaxvat)

Hozirgi kunda, Xorazm viloyatida 300 nafardan ortiq yoshlar quyidagi sport-ta’lim muassasalarida regbi sport turi bilan muntazam shug’ullanib kelishmoqda:

  • Sportning o’yin turlari va Yengil Atletika bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi
  • Bog’ot tuman sport maktabi
  • Xazorasp tuman sport maktabi
  • Urganch tuman sport maktabi
  • Yangiariq tuman sport maktabi
  • Yangibozor tuman 1-son sport maktabi
  • Shovot tuman 2-son sport maktabi
  • Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
  • Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan sport-internati
  • Bog’ot tuman olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Imtihonni muvaffaqiyatli 7 ta o’quvchi topshirdi.

O’zbekiston regbi federatsiyasi Xorazm viloyatiga omad va ulkan zafarlar tilab qoladi!