Olimpiya va Milliy sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab internatida qabul bo’lib o’tdi
14 iyul kuni Xorazm viloyati Olimpiya va Milliy sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatiga qabul bo’lib o’tdi. Qabul maktab direktori M. Jumaniyozov boshchiligida bo’lib unda 2 nafar murabbiylar S. Fayzullayev, M. Matchonov va 16 nafar 10 yoshli o’g’il bolalar ishtirok etishdi. Ushbu qabulda bolalar quyidagi topshiriqlarni bajarish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik:
1.100 metrga yugurish
2. Mokisimon yugurish
3. 1000 metrga yugurish
Maxsus jismoniy tayyorgarlik:
- To’pni 20 metrlik nishonga tepish ( 10 ta urunish)
2. To’pni 50 metrlik nishonga tepish ( 10 ta urunish)
3. Raqib himoyasidan chiqish ( zaxvat)
Hozirgi kunda, Xorazm viloyatida 300 nafardan ortiq yoshlar quyidagi sport-ta’lim muassasalarida regbi sport turi bilan muntazam shug’ullanib kelishmoqda:
- Sportning o’yin turlari va Yengil Atletika bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi
- Bog’ot tuman sport maktabi
- Xazorasp tuman sport maktabi
- Urganch tuman sport maktabi
- Yangiariq tuman sport maktabi
- Yangibozor tuman 1-son sport maktabi
- Shovot tuman 2-son sport maktabi
- Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
- Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan sport-internati
- Bog’ot tuman olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Imtihonni muvaffaqiyatli 7 ta o’quvchi topshirdi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi Xorazm viloyatiga omad va ulkan zafarlar tilab qoladi!