Andijonda regbi klubi

Andijonda regbi klubi

Andijon viloyatida yangi “Istiqlol rugby” klubining ochilishi bo‘lib o’tdi

7 fevral kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida “Istiqlol rugby” klubining ochilishi bo’lib o’tdi. Ushbu regbi klubining ochilishidan maqsad, regbi sport turini yurtimizda ommalashtirishdir. O’zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan yangi klubga regbi to’plari topshirildi. Fayzullo Nomonov “Istiqlol rugby” klubining rahbari etib tayinlandi.

Klubning ochilishi munosabati bilan, Qo’rg’ontepa tumani sport maktabi jamoasi, Andijon shahar SO’TYAISM jamoasi va mezbon Buloqboshi sport maktabi jamoalaridan 45 nafar 16 yoshgacha bo’lgan regbichilar o’rtasida o’rtoqlik o’yinlari bo’lib o’tdi. Shuningdek, o’rtoqlik o’yinlarida murabbiylar Abdulaziz Nazirov, Bahodirbek  Nematovlar ishtirok etishdi.