O‘zbekistonda regbi sohasini rivojlantirish bo’yicha uchrashuv

O‘zbekistonda regbi sohasini rivojlantirish bo’yicha uchrashuv

O‘zbekistonda regbi sohasini rivojlantirish bo’yicha uchrashuv

O‘zbekiston regbi federatsiyasida regbini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda Gruziyaning “Playmakers” agentligi mutaxassislari Koka Kamushadze, Mariam Lortkipanidze, Nuka Shevardnadze hamda O‘RF bosh kotibi Qaxramon Djalilov va Osiyo regbi federatsiyasining (Asia Rugby) rivojlanish bo‘yicha menedjeri Anatoliy Shirov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida gruziyalik mutaxassislarning tajribasidan foydalanish hamda hamkorlikda mamlakatimizda regbini yanada ommalashtirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv “TBC Bank” va “Payme” ko‘magida tashkil etildi.