Malayziyada o’quv mashg’ulot yig’inlari

Malayziyada o’quv mashg’ulot yig’inlari

Malayziyada o’quv-mashg’ulot yig’inlari

22 fevral kunidan boshlab, regbi bo’yicha milliy terma jamoa a’zolari, Malayziyaning Sandakan shahrida xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazishmoqda. Ushbu xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inlaridan asosiy maqsad, joriy yilning 8-10 mart kunlari Sandakan shahrida (Malayziya) regbi-7 bo’yicha bo’lib o’tadigan «Boroneo Sevens» xalqaro turniriga erkaklar va ayollar O’zbekiston milliy terma jamoalarini puxta tayyorlash.
O’quv-mashg’ulotlari davomida milliy terma jamoa bosh treneri D.Kulikov va trenerlik shtabi tomonidan regbichilarning texnik-taktik tayyorgarligi hamda o’yin mahoratini oshirish, jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlash tadbirlari reja asosida olib borilmoqda.

Bundan tashqari, milliy terma jamoamizning mashg’ulotlariga Yangi Zelandiyalik malakali trener-mutaxassislari Rokki Khan va Bred Mikklar jalb etildi. Ushbu mutaxassislar regbi bo’yicha O’zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoa a’zolari bilan o’quv-mashg’ulot yig’inlarining oxirigacha, ya’ni 8 martgacha o’z tajribalari bilan almashadilar.