Yangiyo’lda regbi kuni

Yangiyo’lda regbi kuni

TOSHKENT VILOYATI REGBI FEDERATSIYASI TASHABBUSI BILAN “REGBI KUNI”

2024 yil 31 mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani 48-son umumta’lim maktabida Toshkent viloyati regbi federatsiyasi tashabbusi bilan “Regbi kuni” tadbiri o’tkazildi. Mazkur tadbirga 8-12 yoshli o’quvchilar jalb etildi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad yoshlar o’rtasida regbi sport turini ommalashtirish hamda O’zbekistonda regbini yanada rivojlantirish.

Maktab o’quvchilari regbi o’yinining boshlang’ich harakatlari bilan tanishib, regbi T-1 o’yinida ishtirok etishdi. Ommaviy tadbirni regbi bo’yicha Toshkent viloyati katta treneri Izmaylov Аrtyom, O’zbekiston milliy terma jamoa a’zolari Ilya Sokolov, Sergey Sokolov va Sharif Ismailov o’tkazdilar.