BuxDPI regbi klubi tashkil etildi

BuxDPI regbi klubi tashkil etildi

Buxoro davlat pedagogika institutida regbi to‘garagi tashkil etildi

2025-yil 13-fevralda 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish va ommaviy sportni yangi bosqichga ko‘tarishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni 2028-yilda AQShning Los-Anjeles shahrida va 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil PQ-421-son “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Buxoro davlat pedagogika institutida regbi to‘garagi tashkil etilib, talabalar bilan muntazam o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar Jismoniy tarbiya fakulteti va Harbiy ta’lim fakulteti talabalarini joriy yilda regbi bo‘yicha rejalashtirilgan musobaqalarga har tomonlama tayyorlash maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘quvchilarga regbi o‘yini qoidalari, taktik-texnik tayyorgarlik hamda amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.