O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo‘l oldi

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo‘l oldi

O‘zbekiston U-18 ayollar regbi-7 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘l oldi


Toshkent, 2025-yil 11-sentabr — Bugun O‘zbekistonning 18 yoshgacha bo‘lgan ayollar regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Xuh-Xoto shahrida 2025-yil 13–14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo U-18 chempionatida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.

Mazkur musobaqa yoshlar terma jamoasi uchun muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, xalqaro maydonda o‘z mahoratini namoyish etish uchun noyob imkoniyatdir.

O‘zbekiston U-18 ayollar regbi-7 terma jamoasi tarkibi:

  1. Xudoyberganova Laylo
  2. Urozboeva Gulsanam
  3. Rajabova Shaydo
  4. Jumaboeva Nargiza
  5. Ruzmatova Gulrux
  6. Raximova Maftuna
  7. Avazxonova Sarvinoz
  8. Zokirjonova Dilnozaxon
  9. Ollomberganova Xulkar
  10. Odilova Shohzoda
  11. Abdupattaeva Nozimaxon
  12. Yangiboeva Feruza

Murabbiylar va ma’muriy shtab:
• Ivanov Pavel — bosh murabbiy
• Akramov Farhod — menejer
• Malkov Antoniy — shifokor

O‘zbekiston regbi federatsiyasi yosh sportchilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok, halol va yorqin kurash, shuningdek, mamlakatimizni xalqaro maydonda munosib tarzda himoya qilishlarini tilaydi.