Tug‘ilgan kuningiz bilan, Ziyoviddin Bositovich!

O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Sizni — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy energiya samaradorligi agentligi direktori, O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Ziyoviddin Badridinovni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaydi!
Ko‘plab tashabbuslaringiz va doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyo qit’asida ham regbini rivojlantirish va ommalashtirishga katta hissa qo‘shildi.
Biz Sizning ishga sadoqatingizni, energiyangizni va ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishingizni yuksak qadrlaymiz.
Sizga chin dildan mustahkam sog‘lik, uzoq umr, farovonlik, baraka, baxt va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Har bir yangi kun Sizni belgilangan maqsadlarga yaqinlashtirsin, ishlaringiz esa faqat ravnaq va e’tirof olib kelsin!
