Asia Rugby Council Meeting 2025

Malayziyaning Kuching shahrida Asia Rugby Council Meeting — Osiyo qit’asidagi milliy regbi federatsiyalarini birlashtiruvchi muhim yillik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Kun tartibida Osiyoda regbini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, xalqaro musobaqalar taqvimi, ayollar va yoshlar regbisini rivojlantirish dasturlari, shuningdek World Rugby bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi mazkur yig‘ilishda ishtirok etib, Osiyo regbi maydonidagi o‘z mavqeini mustahkamlashda va mintaqada sportni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
