Tailanddagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini

2026-yil 11–27-fevral kunlari Bangkok shahrida O‘zbekiston regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘in sportchilarni bo‘lajak xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlashga qaratilgan.




Mashg‘ulotlar davomida maxsus jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish, texnik-taktik elementlarni takomillashtirish, tezkorlik va chidamlilikni oshirish hamda jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastur doirasida intensiv mashg‘ulotlar, o‘yin amaliyoti va nazorat uchrashuvlari tashkil etilgan.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini O‘zbekistonda regbi sportini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, sportchilarning mahoratini oshirish, shuningdek, saralash musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda 2028-yilda Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga qaratilgan.
