30–31-mart kunlari Sergeli tumani sport maktabi bazasida O‘zbekistonda Regbi kuniga bag‘ishlangan xalqaro regbi turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqa “Get Into Rugby” dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar o‘rtasida regbini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan.
Turnirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etmoqda.



