Frankofoniya bahori–2026 doirasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikni O‘zbekiston jamoasi (Namangan viloyati terma jamoasi) qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash hamda regbi sport turini rivojlantirishga xizmat qildi.






