O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari hamda sportni rivojlantirish va milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashga qaratilgan hukumat topshiriqlariga muvofiq, regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoa tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
2026-yil 30-martdan 15-aprelga qadar terma jamoalar a’zolari Malayziyaning Sandakan shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi hamda Borneo Sevens xalqaro turnirida qatnashadi. Mazkur turnir Xalqaro regbi kuniga bag‘ishlangan.
Mazkur tadbirlar sportchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga xizmat qiladi.

