Buxoroda Regbi kuniga bag‘ishlangan regbi-7 mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Buxoroda Regbi kuniga bag‘ishlangan regbi-7 mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida regbi-7 sport to‘garaklari faoliyati davom etmoqda.

Regbi kuni munosabati bilan navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi. Dastlab talabalar uchun “Regbi qoidalari” mavzusida seminar o‘tkazilib, ularning nazariy bilimlarini oshirishga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng Jismoniy madaniyat fakulteti sport maydonida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar fakultet ustozlari M. Ibragimov va G. Saidovlar ishtirokida tashkil etildi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.