Namangan viloyatida 4-aprel — Regbi kuni munosabati bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi.
Mazkur yig‘in O‘zbekiston U-18 chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida sportchilar o‘zlarining texnik va taktik ko‘nikmalarini oshirish ustida ishladilar.
Ishtirokchilar mashg‘ulotlarda faol qatnashib, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar.




