Xorazmda Regbi kuni munosabati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Xorazmda Regbi kuni munosabati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

2026-yil 4-aprel kuni O‘zbekistonda Regbi kuni munosabati bilan Xorazm viloyatida regbi sportchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston regbi federatsiyasining viloyat hududiy bo‘limi rahbariyati hamda Milliy olimpiya qo‘mitasining viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda Urganch davlat pedagogika instituti sportchi-talabalari, Shovot tumani 2-son, Yangibozor tumani 1 va 2-son hamda Bog‘ot tumani sport maktablari tarbiyalanuvchilari qatnashdi.

Shuningdek, Urganchdagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining regbi bo‘limi sportchi-o‘quvchilari ishtirok etdi.