Jizzax viloyati Sh. Rashidov hamda Arnasoy tumanlarida Regbi kuni munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida viloyat terma jamoasi murabbiylari Saodat Amirova va Sirojiddin Merajov tomonidan bo‘lajak sportchilar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga zarur ko‘nikmalar berildi hamda ularning kelgusidagi sport faoliyati yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Yakunda yosh sportchilarga bo‘lajak musobaqalarda omad tilandi.



