O‘zbekiston regbi-7 terma jamoalari Malayziyada yig‘inda

O‘zbekiston regbi-7 terma jamoalari Malayziyada yig‘inda

O‘zbekiston regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari 2026-yil 30-martdan 15-aprelga qadar Malayziyaning Sandakan shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqdalar.

Terma jamoalar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida nufuzli “Borneo Sevens” xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur turnir har yili o‘tkaziladigan yirik musobaqalardan biri bo‘lib, unda dunyoning yetakchi regbi klublari ishtirok etadi. Musobaqada Yangi Zelandiya, Avstraliya va boshqa regbi rivojlangan davlatlarning kuchli jamoalari qatnashishi kutilmoqda.