O‘zbekiston terma jamoalari Borneo Sevens turnirida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoalari Borneo Sevens turnirida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

2026-yil 11–12-aprel kunlari Malayziyaning Sandakan shahrida regbi-7 bo‘yicha nufuzli xalqaro “Borneo Sevens” turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa 2001-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda va Osiyo mintaqasidagi eng muhim turnirlardan biri hisoblanadi.

Joriy yilgi turnirda 8 ta erkaklar jamoasi va 6 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi. Musobaqada Malayziya, Avstraliya, Belgiya, Filippin, Singapur, Indoneziya, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari qatnashdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoalari quyidagi natijalarni qayd etdi:

🥈 Ayollar — 2-o‘rin
🥉 Erkaklar — 3-o‘rin

Jamoalarimiz musobaqani sovrinli natijalar bilan yakunlab, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Joriy turnir doirasida musobaqalarda rasmiy hakam sifatida malakali O‘zbekistonlik hakamlar — Vladimir Pavlenko va Yuliya Ignatenko ham faoliyat yuritdi.

Erkaklar terma jamoasi tarkibi:

(Bosh murabbiy — Danil Kulikov)
Jahongir Abduqodirov
Sergey Sokolov
Timur Negmatov
Murodjon Matjonov
Ruslan Ibragimov
Sunnat Muhametdinov
Mahmud Kalandarov
Abdulaziz Nuraliyev
Ilya Sokolov
G‘ayrat Rajabov
Sarvar Salayev
Asadbek Matsapaev

Ayollar terma jamoasi tarkibi:

(Bosh murabbiy — Asad G‘ulomov)
Oyshajon Urazmetova
Shaydo Radjabova
Gulsanam Orazbayeva
Nurjamal Naurizbayeva
Aynura Abziyeva
Nargiza Jumabayeva
Gulruh Ruzmatova
Mashhura Yuldasheva
Maftuna Rahimova
Sevinch Muidinjonova
Nazima Abdupattaeva
Sevinch Boltaboyeva
Feruza Yangiboyeva

Musobaqa o‘yinlarini quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

1-kun (11-aprel): Havola

2-kun (12-aprel): Havola