O‘zbekiston regbi-7 erkaklar terma jamoasi Yaponiyadagi “Osiyo o‘yinlarida” ishtirok etadi

O‘zbekiston regbi-7 erkaklar terma jamoasi Yaponiyadagi “Osiyo o‘yinlarida” ishtirok etadi

Erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston regbi-7 terma jamoasi 2026-yilda Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo o‘yinlarida” ishtirok etish uchun rasmiy taklif oldi.

“Asia Rugby” tomonidan O‘zbekiston regbi federatsiyasi Bosh kotibi Qahramon Jalilov nomiga tasdiq xati yuborilgan. Unda milliy terma jamoaning qit’adagi eng yirik sport turlari musobaqasi doirasida regbi-7 turnirida qatnashishi qayd etildi.

“Asia Rugby” O‘zbekiston regbi federatsiyasini ushbu yutuq bilan tabriklab, mamlakatning mintaqada regbi sportini rivojlantirish va targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasini hamda xalqaro musobaqalardagi faol ishtirokini alohida ta’kidlagdi.

Rasmiy ariza topshirish tartibi, asosiy muddatlar va qo‘shimcha talablar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar yaqin vaqt ichida taqdim etilishi kutilmoqda.