Regbi-7 boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining I turi yakunlandi

Regbi-7 boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining I turi yakunlandi

22–23-aprel kunlari Toshkent shahridagi Sergeli tumani sport maktabi stadionida erkaklar va ayollar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining I tur o’yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 11 hududdan 14 ta erkaklar jamoasi hamda 6 hududdan 7 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan o’yinlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

Erkaklar o’rtasida:

“Family” (Toshkent) — murabbiylar: Kulikov Danil, G‘ulomov Asad

Mudofaa vazirligi terma jamoasi — murabbiy: To‘xtanazarov Bahodir

Xorazm — murabbiy: Jumaniyazov Maqsudbek

Ayollar o’rtasida:

Xorazm — murabbiy: Jumaniyazov Maqsudbek

Qoraqalpog‘iston — murabbiy: Bazarov Jetker

  Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — murabbiylar: Parpiyevа Jumagul, Galkin Oleg