JIDU talabalari uchun regbi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

JIDU talabalari uchun regbi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar uchun regbi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot O‘zbekiston ayollar yoshlar terma jamoasi murabbiyi Pavel Ivanov ishtirokida o‘tkazildi.

Mahorat darsi davomida talabalar regbining asosiy qoidalari va elementlari bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlar orqali dastlabki ko‘nikmalarni egalladilar. Tadbir talaba-yoshlar orasida regbi sport turiga qiziqishni oshirishga xizmat qildi.