28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada hududdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Erkaklar jamoalari:
1-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-o‘rin — Chirchiq davlat pedagogika universiteti
3-o‘rin — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Ayollar jamoalari:
1-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-o‘rin — Chirchiq davlat pedagogika universiteti
3-o‘rin — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Musobaqa talaba-yoshlar orasida regbini ommalashtirish va istiqbolli sportchilarni saralashga xizmat qildi.







