O‘zRTXB raisiga O‘zbekiston regbi federatsiyasining Tashakkurnomasi topshirildi

O‘zRTXB raisiga O‘zbekiston regbi federatsiyasining Tashakkurnomasi topshirildi

“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ Boshqaruv raisi Qayumov Asadulla Urolovich O‘zbekiston regbi federatsiyasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Mukofot O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyoning eng kuchli terma jamoalarini jamlagan Regbi-7 bo‘yicha 2026-yilgi Osiyo chempionatini (CASA) qo‘llab-quvvatlashi va muvaffaqiyatli tashkil etishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Qayd etish joizki, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ musobaqaning bosh homiysi sifatida turnirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda muhim rol o‘ynadi.