Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

2026-yil 28-29-iyun kunlari Toshkent shahrida kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining III turi bo‘lib o‘tdi. Uchinchi tur yakunlari bilan bir qatorda 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari ham aniqlandi.

III tur bahslarida erkaklar o‘rtasida 7 ta jamoa va ayollar o‘rtasida 5 ta jamoa ishtirok etdi. 2026-yilgi O‘zbekiston chempionatining uch bosqichi davomida esa Erkaklar o‘rtasida – 15 ta jamoa, ayollar o‘rtasida esa– 7 ta jamoa ishtirok etdi.

III tur natijalari

Erkaklar:

1-o‘rin – “Family” (trener D. Kulikov)
2-o‘rin – Namangan (tr. H. Tuychiboyev)
3-o‘rin – Xorazm (tr. M. Jumaniyazov)

Ayollar:

1-o‘rin – Xorazm (trener M. Jumaniyazov)
2-o‘rin – “Universitet” (tr. O. Galkin va J. Jumabayeva)
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston (tr. A. Mixaylov)

O‘zbekiston chempionati yakuniy natijalari (I, II va III turlar)

Erkaklar:

O‘rinJamoa
1“Family”
2Xorazm
3Namangan
4Markaz
5Farg‘ona
6“Universitet”
7Jizzax
8“MVSK”
9Navoiy
10“Family-2”
11Qoraqalpog‘iston
12Samarqand
13Xorazm-2
14Sirdaryo
15Surxondaryo

Ayollar:

O‘rinJamoa
1Xorazm
2“Universitet”
3Qoraqalpog‘iston
4Xorazm-2
5Jizzax
6Sirdaryo
7Buxoro

O‘zbekiston regbi federatsiyasi chempionatning barcha ishtirokchilari, murabbiylari va hakamlariga minnatdorlik bildiradi hamda jamoalarga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaydi.