Tug‘ilgan kuningiz bilan, Alisher To‘xtayevich!

Tug‘ilgan kuningiz bilan, Alisher To‘xtayevich!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari — Alisher To‘xtayevich Narbaev o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Alisher To‘xtayevichning tashabbuskorligi, yuksak mas’uliyati va sportni rivojlantirishga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli mamlakatimizda, ayniqsa harbiy sohada, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. U kishining regbi sportini qo‘llab-quvvatlashi, uning infratuzilmasini mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirofga loyiq.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi Alisher To‘xtayevichni tavallud ayyomi bilan chin dildan tabriklaydi!

Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda yurtimiz ravnaqi va O‘zbekiston regbisini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlaringizda yangi zafarlar tilaymiz!