O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Federatsiyaning bosh kotibi, Osiyo Regbi Federatsiyasi (Asia Rugby) Ijroiya qo‘mitasi a’zosi — Jalilov Qahramon Hakimovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!
Hurmatli Qahramon Hakimovich, Sizning fidokorona mehnatingiz, tashkiliy salohiyatingiz va sport rivoji yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlaringiz O‘zbekistonda regbining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim o‘rin tutmoqda. Sizning tashabbuslaringiz va uzoqni ko‘ra biladigan yondashuvingiz nafaqat milliy regbining taraqqiyotiga, balki mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
Ushbu quvonchli kunda Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Kelgusidagi barcha rejalar muvaffaqiyat bilan amalga oshsin, har bir yangi kun esa ilhom, yuksak marralar va yorqin g‘alabalarni olib kelsin.
Yurtimiz va Osiyo regbisi ravnaqi yo‘lidagi samarali faoliyatingiz doimo yuksak natijalar bilan davom etishini tilaymiz!

