O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston regbi terma jamoasi sportchilari va murabbiylari ishtirokida navbatdagi profilaktik antidoping seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Butunjahon antidoping kodeksi talablari, doping nazorati jarayoni, taqiqlangan moddalar va usullar, shuningdek, dori vositalaridan qonuniy foydalanish yuzasidan batafsil ma’lumot va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, regbi kabi yuqori jismoniy tayyorgarlik va chidamlilikni talab qiluvchi sport turida sportchilar salomatligini asrash, antidoping qoidalariga qat’iy rioya etish hamda xalqaro musobaqalarga mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.





