O‘zbekiston Regbi federatsiyasi vakillarining Surxondaryo viloyatiga xizmat safari doirasida hududda regbini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Regbi federatsiyasi Bosh kotibi K. Jalilov, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi B. Xujamurodov, viloyat bo‘limi ijrochi direktori U. Boboyev, viloyat bo‘limi Bosh kotibi X. Ayonov, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi murabbiyi P. Ivanov, Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R. Mahmudov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. Nuriev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatida regbini yanada rivojlantirish, sport zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, bolalar va o‘smirlar regbisini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sportchilarni «Yangi O‘zbekistonning Olim cho‘qqilari» (Prezident olimpiadasi) musobaqalariga tayyorlash, mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish hamda O‘zbekiston Regbi federatsiyasi va hududiy sport tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida hududda regbini rivojlantirish va istiqbolli sportchilarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



