O‘zbekiston sporti rivojiga, xususan, milliy qilichbozlik maktabining shakllanishi va taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan taniqli sportchi va sport arbobi Sobir Ro‘ziyev 73 yoshida vafot etdi.
Sobir Ro‘ziyev Moskva-1980-yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori, jahon chempionatlarining uch karra oltin medali sohibi, shuningdek, kumush va bronza medallari sohibi sifatida O‘zbekiston sporti tarixidan munosib o‘rin egallagan. U uzoq yillar davomida mamlakat sporti rivojiga xizmat qilib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi Sobir Ro‘ziyevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va barcha muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Marhumning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi. Joylari jannatda bo‘lsin.

