Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi, O‘zbekiston tekbol federatsiyasi raisi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi Etika qo‘mitasi a’zosi, “Do‘stlik” hamda Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Oybek Kasimov tavallud kunini nishonlamoqda.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi jamoasi Oybek Omilovichni 46 yoshga to‘lganlari munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, uzoq umr va mas’uliyatli faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

