O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, Olimpiya harakati va sport sohasi vakillarining bir guruhiga mazkur esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakillari — Federatsiya Bosh hisobchisi Oksana Olegovna Kitsunova hamda Federatsiya Bosh kotibi Qahramon Hakimovich Jalilov ham sazovor bo‘ldilar.
Mazkur mukofot ularning sport sohasidagi samarali mehnati, mas’uliyatli faoliyati hamda mamlakatimiz sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi Oksana Olegovna Kitsunova va Qahramon Hakimovich Jalilovni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etadi. Ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat, yangi yutuqlar va mamlakatimiz sportini rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida omad tilaymiz!


