Butun dunyo bo’yicha top 5 ta o’yinchilar ro’yixati

Butun dunyo bo’yicha top 5 ta o’yinchilar ro’yixati

Beshta Jahon Kubogi Umidlari

Bugun e’tiboringizga iqtidorli yosh beshlikni taqdim etamiz

Kenan Mudi (Janubiy Afrika, 20 yosh)

Mudi o’tgan yili «Springboks» tarkibida debyut qildi va uni jamoada saqlab qolishdi. Yosh vingerni ‘Bulls» ko’plab ma’suliyatli o’yinlarga taklif etishadi va Mudi ozining yaxshi natijalari bilan o’z minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu o’yinchi Janubiy Afrika terma jamoasining sakkizta o’yinlarida 4ta popitka qo’yib, o’ziga xosligi bilan muhlislar e’tiborini qozongan.

Karter Gordon (Avstraliya, 22 yosh)

Karter Gordon, Jahon Kubogi turnirida ishtirok etish uchun Eddi Johns tomonidan tafsiya etilgan. 22 yoshli o’yinchi joriy yilning iyul o’yida «Vallabis»da debyut qildi va popitka qo’ydi. Keyingi o’yinlarda Gordon Avstraliya jamoasi nomidan ishtirok etishni boshladi va Avstraliya terma jamoasi murabbiylarini ishonchini oqlay oldi.

Xuan Martin Gonsales (Argetina, 22 yosh)

O’yinchi yosh bo’lishiga qaramay 24 ta terma jamoa matchlarida 7 ta popitka qo’ydi. Xuan iqtidorli o’yinchilardan bo’lib, u Angliya chempioni «Saransis» staniga o’tdi. Shuningdek o’tgan yili, uning zanosi «Los Pumasga» ga raqib jamoadan «Oll Blek» ustidan g’alaba qozonishga yordam bergan. Ushbu yilda Gonsalesning popitkasi Argentina terma jamoasiga Avstraliya bilan bo’lib o’tgan og’ir o’yinda yordam bergan.

David Niniashvili (Gruziya, 21 yosh)

Oxirgi ikki yil mobaynida Niniashvili o’zining ko’plab yutuqlari bilan jamoa yulduziga aylandi. Gruziya terma jamoasi o’yinchisi 24ta test o’yinlarida 9ta popitka qoydi. Niniashvili o’zining tezligi va uddabronligi bilan o’yinlarda g’alaba qozongan.

Lui Bel Biarre (Fransiya, 20 yosh)

Regbi sport turi bilan shug’ullanishni Lui o’tgan yildan boshlab, joriy yilda Fransiya terma jamoa o’yinchisi sifatida tafsiya etildi. O’yinchi o’zining o’ynash uslublari bilan Fabien Galtyening etiborini torta oldi va Galtye yosh vingerni asosiy jamoa «Le Blyo» ga o’tkazdi. Uning «Le Blyo» dagi debyuti o’tgan oyda bo’lib, Shotlandiya va Byel-Biarrega qarshi o’yinda popitka qoya oldi va Jahon Kubogi ishtirokchilari ro’yxatiga tafsiya etildi.

Manba: https://rugger.info/