O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova vafot etdi
23-may kuni O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova 39 yoshida hayotdan bevaqt ko’z yumdi.
Aida Hasanova 1983-yil 4-avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan. U qilichbozlik bo’yicha sport ustasi, 2001-2006 yillarda mamlakat chempionligini qo’lga kiritgan. 2005-yilda Angliyada o’tkazilgan xalqaro turnirda g’olib bo’lgan.
2014-yilda Aida O’zbekiston tarixida birinchi bo’lib uch qurol turi bo’yicha xalqaro qilichbozlik federatsiyasining hakami bo’lgan. O’sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining hakami sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Aida Hasanova Tokio-2020 Olimpiada o’yinlarining qilichbozlik sport turida hakam sifatida ishlagan birinchi markaziy osiyolik mutaxassis hisoblanadi. U dunyoning eng yaxshi besh nafar qilichbozlik hakami deb ham e’tirof etilgan edi.
O’zbekiston Regbi Federatsiyasi Aida Hasanovaning yaqinlari va oila-a’zolariga hamdardlik bildiradi.